Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Peruda Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti vaqtida özaro birinçi marotaba uçraşdilar. Duterte uçraşuv vaqtida Putin bilan uçraşiş imkoniyatini ançadan beri kutganini ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
"Men siz bilan nafaqat siz bunday buyuk davlatni taqdim qilganingiz, balki yetakçilik sifatlaringiz sababli uçraşişni intiqlik bilan kutgandim", deb aytdi Duterte Putinga.
Prezidentlar uçraşuv vaqtida ikki tomonlama munosabatlar rivojlanişini muhokama qildilar va joriy yilda ikki davlat örtasida diplomatik aloqalarning örnatilganiga 40 yil tölişini ta'kidlab ötdilar.
"Bu tarixiy ölçamlarga köra kiçik muddat, biroq biz barça tomonlama hamkorlik munosabatlarini rivojlantiriş va işonçni oşiriş borasida köp iş qilişga erişdik", deb aytdi Putin.
Putin filippinlik hamkasbini 9 may kuni ötgan saylovlardagi ğalabasi bilan tabrikladi. "Bu siz uçun ham endi Ğalaba kunidir", deb aytdi Putin va Rossiyada bu kun Ikkinçi jahon uruşidagi ğalaba kuni sifatida nişonlanişini aytib ötdi.












