Ukrainaning Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakaşvili "Yangi kuçlar harakati" (Rux novyx sil) harakatining yaratilişini e'lon qildi. U bu haqda feysbukdagi sahifasida ma'lum qildi.
"Bugun butun Ukrainadan bizning yuzlab taşabbuskor guruhlarimiz ofisimizda yiğildi. Bizning uçraşuv Ukraina xavfsizlik xizmati kuzatuvi ostida ötgan bölsa-da, barça yiğilganlarda biz nimadir yangi va juda muhim narsa yaratayotganimizdek, eski siyosiy kanallar esa bizni töxtata olmaydigandek his böldi. Biz Ukrainaning har bir viloyatida işga start berdik. Biz birgalikda "biz – yangi kuçlar ruxi" degan qarorga keldik", deb yozdi Saakaşvili.
Saakaşvili "Rux (harakat – tahr.) biz qilayotgan barça narsani akslantiradi, u ğalaba ramzi" deb aytdi. U şuningdek barça ittifoqdoşlarini 27 noyabrda Kiyevda oçiq kengaşga kelişga çaqirdi.
"Biz parlament muvaffaqiyatsiz faoliyatining 2-yilida talablarimizni e'lon qilamiz va xodimlar zaxirasi yordamida siyosiy elitani yangilaşni boşlaymiz", deb aytgan sobiq gubernator.
Avvalroq Saakaşvili Gruziyaga topşirilişi mumkinligi ma'lum qilingandi.












