Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda alkogol mahsulotlari ishlab chiqaradigan yashirin sex aniqlandi
Abdulxay Toshmatov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) muqaddam sudlanib, amnistiya qaroriga asosan tayinlangan jazolardan ozod qilingan edi. Ammo u yana jinoyat ko‘chasiga kirdi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Bu shaxs shu yilning yanvar oyida xaridorga 10 dona “Oq choy” nomli spirtli ichimlikni 100 ming so‘mga sotib, noqonuniy muomalaga kiritgan vaqtida departament xodimlari tomonidan ushlandi.
Tadbir davomida A.Toshmatov o‘zining noqonuniy faoliyatiga tanishi Xayriddin Tolipovni ham jalb qilgani ma'lum bo‘ldi. U X.Tolipov bilan jinoiy til biriktirib, Andijon tumani Guliston qishlog‘idagi xonadonida inson hayotiga xavf soluvchi alkogolli mahsulotlarni kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlandi. Xonadondan 50,6 mln. so‘mlik 90 turdagi alkogolli mahsulotlar ashyoviy dalil tariqasida olib qo‘yildi.
Mazkur holat bo‘yicha A.Toshmatov va uning sherigi X.Tolipovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud hukmi bilan tegishli jazo tayinlandi.
Mavzuga oid
17:59 / 11.03.2026
2025 yilda O‘zbekistonda 155 mingdan ortiq jinoyat qayd etildi
16:58 / 13.01.2026
“Avvaliga o‘ldirishadi deb qo‘rqdim, keyin o‘rganib qoldim” – Uychida o‘g‘irlab ketilib, 4 kun ushlab turilgan yigit hikoyasi
12:49 / 02.01.2026
Toshkentda yerosti yo‘lida telefon olib qochgan shaxs ushlandi
14:56 / 17.12.2025