Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippin va Rossiya prezidentlari ilk marotaba uchrashdilar
Foto: Malacañang Press Pool photo
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Peruda Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti vaqtida o‘zaro birinchi marotaba uchrashdilar. Duterte uchrashuv vaqtida Putin bilan uchrashish imkoniyatini anchadan beri kutganini ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
"Men siz bilan nafaqat siz bunday buyuk davlatni taqdim qilganingiz, balki yetakchilik sifatlaringiz sababli uchrashishni intiqlik bilan kutgandim", deb aytdi Duterte Putinga.
Prezidentlar uchrashuv vaqtida ikki tomonlama munosabatlar rivojlanishini muhokama qildilar va joriy yilda ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalarning o‘rnatilganiga 40 yil to‘lishini ta'kidlab o‘tdilar.
"Bu tarixiy o‘lchamlarga ko‘ra kichik muddat, biroq biz barcha tomonlama hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va ishonchni oshirish borasida ko‘p ish qilishga erishdik", deb aytdi Putin.
Putin filippinlik hamkasbini 9 may kuni o‘tgan saylovlardagi g‘alabasi bilan tabrikladi. "Bu siz uchun ham endi G‘alaba kunidir", deb aytdi Putin va Rossiyada bu kun Ikkinchi jahon urushidagi g‘alaba kuni sifatida nishonlanishini aytib o‘tdi.
Mavzuga oid
09:39
Xalqaro qidiruvdagi Turkiya fuqarosi Perudan O‘zbekistonga olib kelindi
16:56 / 01.05.2026
Urush odatga aylandi. Dunyo otalar uyiga tobutda qaytayotganiga o‘rganib qoldi
15:03 / 30.04.2026
Tramp Putin bilan gaplashdi
23:04 / 27.04.2026