Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xonadonlardagi tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlab kelgan jinoyatchilar qo‘lga olindi
Muqaddam jinoyat sodir etib, ikki marotaba sudlangan Jonibek ismli yigit mahalladoshi Manzura ismli ayolning uyida yo‘qligidan foydalanib, unikiga o‘g‘irlikka tushadi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, u yerdan 1 mln. 600 ming so‘m, 7000 Rossiya rubli, 260 AQSh dollari, 750 ming so‘mlik Samsung rusumli planshet, jami 3 mln. 369 ming so‘mlik mol-mulklarini olib ketadi.
U ikkinchi marta ham ayolning uyiga o‘g‘irlikka tushadi va sherik sifatida Sobir ismli o‘rtog‘ini hamroh qiladi. Ular bu safar uydan 34 mln. so‘mlik tilla taqinchoqlarni olib ketishadi.
Oradan ma'lum bir vaqt o‘tgach, ular birgalikda boshqa bir xonadonga o‘g‘irlikka kirishadi va u yerdan 25 mln. 946 ming so‘mlik mol-mulkni olib chiqib ketishadi. Boshqa bir xonadonga o‘g‘irlikka kirishib, u yerdan 95 mln. 960 ming so‘mlik tilla taqinchoqlarni olib ketishadi.
Sud hukmiga ko‘ra, Jonibek Mo‘minov o‘talmagan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 9 yil, Sobir Ochilov 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.