Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lima politsiyasi Putinga sovg‘a bermoqchi bo‘lgan perulik ayolni ushladi
Peru poytaxti Limada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti vaqtida mahalliy ayol Rossiya prezidenti Vladimir Putinga sviter sovg‘a qilmoqchi bo‘lganda politsiya tomonidan to‘xtatib qolindi.
Xulia Kastro ismli bu ayol kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi kichik korxonaga ega bo‘lib, sammitning kichik va o‘rta biznesga bag‘ishlangan yig‘ilishlaridan birida ishtirok etgan. Yig‘ilishdan so‘ng ayol Putin yoniga borib, unga korxonasida tayyorlangan sviterni sovg‘a qilmoqchi bo‘lganda xavfsizlik xizmati vakillari unga buni qilishga ijozat bermaganlar. Kastro komissariatga olib ketilib, u yerda undan tushuntirish talab qilingan.
"Ehtimol, bu ko‘plab prezidentlarning borligi sababli ko‘rilgan yuqori darajadagi xavfsizlik choralari sababli sviterni sovg‘a qilish uchun unchalik yaxshi joy emasdi, biroq umid qilamanki, sviter Vladimir Putinga albatta yetib boradi", deb aytdi ayol RPP radoisi efirida.
Ayol sammitning yana bir ishtirokchisi uchun sviter tayyorlab qo‘ygandi va uni egasiga topshira oldi. Ayol o‘zi ishtirok etgan yig‘ilishda xuddi shunday sviterni Facebook asoschisi Mark Tsukerbergga tuhfa qildi.
Mavzuga oid
08:59
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
09:15 / 09.06.2026