Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dentsu o‘z xodimasi o‘limidan so‘ng "o‘lguncha ishla" tamoyilidan voz kechadi
Yaponiyaning Dentsu reklama agentligi xodimlaridan birining o‘z joniga qasd qilishi tufayli kompaniya 1951 yilda o‘rnatilgan tamoyillarini qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi. Ulardan biri hattoki o‘lguncha ishlashni ko‘zda tutadi. Bloomberg shu haqida xabar berdi.
Gap 1951 yilda Dentsu kompaniyasining to‘rtinchi prezidenti tomonidan yozib ketilgan 10 ish tamoyili haqida bormoqda. Shu tamoyillar uzoq yillar mobaynida barcha xodimlar uchun asosiy qoida bo‘lib kelgan.
10 tamoyildan biri hattoki so‘nggi nafasga qadar ishlashni ko‘zda tutadi. "Ishga kirishdingizmi, uni tashlamang. Hattoki sizni o‘ldirayotgan bo‘lishsa ham, maqsadga erishmaguncha to‘xtamang", - mahalliy nashrlardan biri hisoblangan The Asahi Shimbun ushbu tamoyil tarjimasini shu tarzda havola etgan.
Kompaniyadan ma'lum qilishlaricha, 2016 yilning dekabr oyida Dentsu o‘z tamoyillarini qayta ko‘rib chiqadi.
Noyabr oyi boshida kompaniyaga nisbatan tergov ishi qo‘zg‘atilgan. Bunga 2015 yilda 24 yoshli xodim Matsuri Takaxasining haddan ziyod ishdan charchaganligi tufayli o‘z joniga qasd qilishi sabab bo‘lgan. Tergov davomida ma'lum bo‘lishicha, qiz ba'zan bir oyda 105 soatgacha rejadan tashqari ishlashiga to‘g‘ri kelgan.
Dentsu'da ichki tekshiruvlar o‘tkazilmoqda. 2016 yilning noyabridan kompaniya qonunchilik tomonidan belgilangan ish soatlarini rasman kamaytirdi.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
09:30 / 09.06.2026
Buxorodagi tergov hibsxonasi xodimlariga nisbatan tekshiruv harakatlari boshlandi
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026