Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Inter» Milan derbisida mag‘lubiyatdan qutilib qoldi
Italiya A seriyasi 13-turining asosiy o‘yini - Milan derbisi yakuniga yetdi. «Milan» jamoasi shaharning yana bir nomdor jamoasi «Inter»ni qabul qildi. «San-Siro» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:2 hisobida qayd etildi.
Ispaniyalik hujumchi Suso 42-daqiqada urgan goli «Milan»ni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi taymning boshlarida Antonio Kandreva aniq zarba bilan oradagi muvozanatni tikladi. Biroq, oradan besh daqiqa o‘tar-o‘tmas, Suso dublni qayd etdi. «Inter» o‘yinga qo‘shib berilgan vaqtning ikkinchi daqiqasida Ivan Perishichning goli evazisiga mag‘lubiyatdan qutilib qoldi.
Shunday qilib, «Milan» 26 ochko bilan turnir jadvalining uchinchi o‘rnida bormoqda. «Inter» hisobida 18 ochko bo‘lib, jamoa 11-o‘ringa joylashgan.
Manba: tribuna.uz
Mavzuga oid
23:45 / 06.10.2025
«Barselona» va «Milan»ga chempionat o‘yinlarini xorijda o‘tkazishga ruxsat berildi
12:21 / 01.07.2025
Klublar mundialida sensatsiyalar kuni. «Siti» va «Inter» turnirdan chiqarib yuborildi
01:49 / 01.06.2025
«PSJ» finalda «Inter»ga 5 ta gol urdi
16:34 / 31.05.2025