Italiya A seriyasi 13-turining asosiy öyini - Milan derbisi yakuniga yetdi. «Milan» jamoasi şaharning yana bir nomdor jamoasi «Inter»ni qabul qildi. «San-Siro» stadionida bölib ötgan uçraşuv 2:2 hisobida qayd etildi.

Ispaniyalik hujumçi Suso 42-daqiqada urgan goli «Milan»ni oldinga olib çiqdi. Ikkinçi taymning boşlarida Antonio Kandreva aniq zarba bilan oradagi muvozanatni tikladi. Biroq, oradan beş daqiqa ötar-ötmas, Suso dublni qayd etdi. «Inter» öyinga qöşib berilgan vaqtning ikkinçi daqiqasida Ivan Perişiçning goli evazisiga mağlubiyatdan qutilib qoldi. 

Şunday qilib, «Milan» 26 oçko bilan turnir jadvalining uçinçi örnida bormoqda.  «Inter» hisobida 18 oçko bölib, jamoa 11-öringa joylaşgan.


 

Manba: tribuna.uz