Jahon | 20:19 / 21.11.2016
4978
1 daqiqa o‘qiladi

NATO bosh kotibi alyansning asosiy qadriyatlarini ma'lum qildi

Foto: © AP

Demokratiya, qonun ustuvorligi va shaxs erkinligi NATO amal qiladigan asosiy qadriyatlar hisoblanadi, deb aytdi NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg alyans parlament assambleyasining Istanbulda o‘tayotgan 62-sessiyasida.

Stoltenberg o‘z nutqida Turkiyada Fathulla Gulenning terrorchilik oqimiga a'zo harbiylarning 15 iyuldagi davlat to‘ntaruviga urinishi mavzusiga ham to‘xtalib o‘tdi.

"Turk xalqiga jasorati va demokratiyaga sodiqligi uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman", deb aytgan Stoltenberg.

Stoltenberg nutqi davomida sentabrda Turkiyaning Buyuk milliy yig‘ilishiga (parlament) tashrif buyurib, u yerda fitnachilarning harakatlari oqibatida jiddiy shikastlangan parlament zalini ko‘zdan kechirganini eslatib o‘tdi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid