Yaponiya fazoga eng ixcham raketa-tashuvchini uchirmoqchi
Yaponiya 2017 yil martigacha dunyodagi eng ixcham raketa-tashuvchini fazoga uchirmoqchi. Bu haqda Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi ma'lum qildi.
Raketa Yer orbitasiga og‘irligi 3 kg va bo‘yi 35 sm lik TRICOM1 aloqa yo‘ldoshini olib chiqishi kutilmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, sun'iy yo‘ldoshdan bir oydan kamroq vaqt foydalaniladi. Ayni vaqtda yaponiyalik mutaxassislar raketani Utinoura kosmodromidan uchirish oldidan unga oxirgi sayqal berishni amalga oshirmoqdalar.
Yangi uch bosqichli raketaning uzunligi 10 metr, diametri 50 sm, og‘irligi 2,6 tonnani tashkil qiladi. U Yer orbitasiga 4 kg gacha og‘irlikdagi yo‘ldoshlarni olib chiqa oladi. Umum foydalanishda bo‘lgan akkumulyator batareyalari va boshqa qismlar ishlatilishi evaziga raketani yaratish va uni uchirish narxini maksimal darajada qisqartirishga muvaffaq bo‘lingan. Umumiy xarajatlar 400 mln iyendan (3,6 mln dollar) oshmaydi.
Ayni vaqtda Yaponiya o‘z koinot dasturida asosan og‘ir raketa-tashuvchi H2A’dan foydalanadi. Bu raketaning har bir parvozi 90 mln dollarga aylanadi. Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi bu raketadan 2023 yilga kelib voz kechmoqchi. Shu yilga kelib samaraliroq H-3 raketasi yaratilishi o‘z nihoyasiga yetishi kerak.
Mavzuga oid
18:48 / 14.11.2024
Subaru kosmik teleskopi noyob halqasimon galaktikani aniqladi
21:18 / 13.11.2024
Yaponiyada seysmik yoriqlar tufayli yadroviy reaktorni qayta ishga tushirishga ruxsat berilmadi
19:55 / 11.11.2024
Yaponiyada Ishiba hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi
17:59 / 11.11.2024