Jahon | 07:13 / 22.11.2016
5367
2 daqiqa o‘qiladi

Pokistonning Hindiston bilan chegarasidagi otishmada 10 kishi halok bo‘ldi

Foto: Getty Images

Pokiston armiyasi Kashmirdagi chegara nazorati chizig‘idagi otishmada 4 nafar fuqaro va 6 nafar hind askari halok bo‘lganini ma'lum qildi. 

"Bugun nazorat chizig‘idagi otishmada 4 fuqaro halok bo‘ldi, 10 nafari yaralandi", deb aytilgan armiya matbuot xizmatida. 

Matbuot xizmatining ta'kidlashicha, pokistonlik harbiylar hind pozitsiyalariga javob o‘tini ochgan, buning oqibatida 6 nafar hind askari halok bo‘lgan.

Dehli hozircha Pokiston armiyasining bu xabariga munosabat bildirmagan. Avvalroq Hindustan Times nashri yakshanbaga o‘tar kechasi chegaradagi otishmada bir chegarachi halok bo‘lgani, 3 nafari yaralanganini ma'lum qilgan. 

Islomobod va Dehli muntazam ravishda bir-birlarini yarashuvni buzishda va nazorat chizig‘ida otishmalar sodir etishda ayblab keladi. Bunda ikkala tomondan ham qurbonlar kamdan-kam rasman ma'lum qilinadi.  

Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar Kashmirda 29 sentabrga o‘tar kechasi yuz bergan voqeadan keyin keskinlashib ketdi. O‘shanda Hindiston "kontrterrorchilik operatsiyasi"ni o‘tkazib, Pokiston tomonidan nazorat qilinuvchi hududda terrorchilar bazalariga zarbalar berganini ma'lum qilgan. Pokiston esa oddiy otishma bo‘lganini va ikki nafar pokistonlik harbiy bo‘lganini aytgan. Voqea jangarilarning Kashmirdagi hind harbiy bazasiga hujumidan 1,5 hafta o‘tib yuz bergan. Hujum oqibatida 19 nafar hind askari halok bo‘lgan.  

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid