Sport | 14:45 / 22.11.2016
11422
2 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu o‘z maqsadini ma'lum qildi

«Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yana bir «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishni juda xohlayotganini tan oldi.

«Mening maqsadim – har yili «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish. O‘tgan yili ushbu mukofotga ega bo‘la olmagandim. Umid qilamanki, bu safar yutaman», deya portugaliyalik futbolchining so‘zlarini keltirgan France Football.

Qayd etish kerakki, ushbu futbolchi joriy yilda jamoasi bilan YeChLda g‘olib chiqqani va terma jamoasi bilan Yevropa chempioni bo‘lgani uning mukofot g‘olibligi uchun favoritligini ta'minlamoqda.

Qolaversa, u Ispaniya chempionatida «Real» bilan kumush medal sohibiga aylangandi.

Bundan avvalgi xabarlarda, Ronalduning agenti Jorjye Mendesh uning mijozidan boshqa hech kim «Oltin to‘p–2016»ga munosib emasligini bildirgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid