Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stokgolmda Ibrahimovichga haykal o‘rnatiladi
Shvetsiya futbol ittifoqi milliy terma jamoaning sobiq hujumchisi Zlatan Ibrahimovich haykali terma jamoa o‘z o‘yinlarini o‘tkazadigan Stokgolm «Frends-Arena» o‘yingohi ro‘parasiga o‘rnatilishi haqida ma'lum qildi.
Dushanba kuni «Manchester Yunayted» futbolchisi bo‘lgan bu futbolchi ketma-ket o‘ninchi marta shvedlarning «Oltin to‘pi» mukofotini oldi. Bu mukofot Shvetsiyada yilning eng yaxshisi bo‘lgan futbolchiga beriladi. Endilikda Ibrahimovich hisobidagi bunday mukofotlar soni 11taga yetdi.
Ibrahimovich o‘z vatanida ilk marta 2005 yilda eng yaxshi futbolchi sifatida taqdirlangan edi. Keyingi yili «Arsenal»ning sobiq futbolchisi Fredrik Yungberk bu sovringa ega chiqqan, shundan so‘ng Ibrahimovich bu sovrinni hech kimga bermay kelmoqda.
Shu tufayli Shvetsiya futbol ittifoqi mamlakat tarixidigi eng yaxshi futbolchining 2,7 metr balandlikdagi haykalini o‘rnatishga qaror qilgan.
Ibrahimovich Shvetsiya terma jamoasi safida 116 uchrashuvda maydonga tushib, 62 gol urgan.
Mavzuga oid
19:56 / 13.05.2025
Italiyalik ijodkorning ko‘rinmas haykali 18 ming dollarga sotildi
21:51 / 13.09.2024
Britaniyada Yelizaveta II ning yangi haykali paydo bo‘ldi. U ko‘plab bahslarga sabab bo‘lmoqda
22:04 / 27.08.2024
Hindiston milliy qahramonining 10 metrli haykali qulab tushdi
09:36 / 10.05.2024