Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barak Obama Ozodlik prezident medallarini sohiblariga topshirdi
Foto: © Getty Images
AQSh prezidenti Barak Obama mamlakatning oliy fuqarolik mukofoti – Ozodlik prezident medallarini aktyorlar Robert de Niro, Tom Xenks, taniqli arxitektorlar, sportchilar va Geytslar oilasiga topshirdi. Tantanali marosim Oq uyda bo‘lib o‘tdi.
"Bugun biz, ittifoqimizni mustahkamlayotgan, bizlarni taraqqiyot sari yetaklayotgan va ruhimizni bardam qilgan mashhur amerikaliklarni qutlayapmiz", — degan Obama.
Medallarni tantanali topshirish marosimini Oq uy sayti efirga uzatgan. AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, bu yilgi laureatlar "boshqalardan ajralib turadi".
Umuman bu yilgi Ozodlik medallari 21 nafar amerikalikka topshirilgan.
Ozodlik prezident medali AQSh davlat rahbari tomonidan topshiriladi va Kongress medali bilan birga fuqarolarga topshiriladigan oliy mukofot hisoblanadi. U "AQSh xavfsizligi va milliy manfaatlariga hissa qo‘shgan, dunyoda tinchlikni o‘rnatish yoki madaniy va boshqa turdagi ijtimoiy yutuqlarga erishgan kishilarga taqdim etiladi".
Mavzuga oid
09:23
Maxfiy uchrashuv: Uitkoff Rizo Pahlaviy bilan Erondagi namoyishlarni muhokama qildi
22:32 / 13.01.2026
AQSh Kongressiga Grenlandiyani qo‘shib olish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi
17:05 / 13.01.2026
AQShda Federal zaxira tizimi raisi Jyerom Pauellga nisbatan tergov boshlandi
13:02 / 13.01.2026