Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeChL. Ye guruhi. «Tottenhem» musobaqani tark etadi
Yevropa chempionlar ligasining barcha jamoada yo‘llanma uchun imkoniyat bo‘lgan guruhida, 5-turidan o‘rin olgan uchrashuvlarga kelib hamma masalaga oydinlik kiritildi.
«Monako» o‘z uyida Londonning «Tottenhem» jamoasini qabul qilib, xuddi «Uembli»da bo‘lgani kabi natija bilan raqibni mag‘lubiyatga uchratdi. Sidibe va Toma Lemar tomonidan kiritilgan golga Harri Keyn penaltini aniq amalga oshirib javob berdi. Biroq bu Pochettino shogirdlariga kurashni davom ettirish uchun yetarli bo‘lmadi.
Natijada «Monako» guruhda birinchi o‘rinni olib keyingi bosqichga chiqishi aniq bo‘lib ulgurdi. «Bayyer»ning 5ta uchrashuvda qayd etgan 4ta durangi ham jamoaga muddatidan oldin pley-off eshiklarini ochishga yetarli bo‘ldi. «Tottenhem» hisobida 4 ochko mavjud. Biroq o‘zaro o‘yinlar natijasiga ko‘ra, endi ular «Bayyerni quvib yeta olishmaydi. Jamoa «Uembli»dagi uchrashuvda TsSKA bilan Yevropa ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.
YeChL. 5-tur
Ye guruhi
Monako (Monako) – Tottenhem (Angliya) 2:1 (0:0)
Gollar: 1:0 – 48 Sidibe, 1:1 – 52, penalti Keyn, 2:1 – 53 Lemar.
Monako: Subashich, Sidibe, Glik, Jyemerson, Mendi, Bernardu Silva, Fabino, Bakayoko, Lemar (Moutinyu, 81), Jyermen (Karrilo, 77), Falkao (Radji, 89).
Tottenhem: Loris, Tripper, Dayyer, Vimmer, Rouz, Vanyama, Dembele (Eriksen, 65), Alli, Uinks (Sissoko, 75), Son Xyong Min (Yanssen, 65), Keyn.
Manba: tribuna.uz