FIFA Isroil va Falastin hukumati bilan uchrashuv o‘tkazdi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ning Isroil-Falastin mojarosi bo‘yicha kuzatuv komissiyasi vakili Tokio Sexvale Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Falastin prezidenti Mahmud Abbos bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda FIFA matbuot xizmati xabar bermoqda.
Isroil va Falastinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarning maqsadi Falastin hududiga kishilarning ko‘chishi, shuningdek, Isroil klublari bilan bog‘liq bahsli masalalar bo‘yicha olib borilgan ishlar haqida amaldorlarni xabardor qilishdan iborat edi.
«Biz ushbu murakkab masalalarni barcha tomondan hal etish niyatidan ruhlanib ketdik, - dedi Sexvale. – Biz FIFA kengashiga yanvar oyida tashkilot prinsiplariga asoslangan holda hisobotlar taqdim etamiz. Unda mavjud muammolarga yechim topish bo‘yicha, shuningdek, FIFA qarorlarini turli konfederatsiyalar doirasida qo‘llash va futboldan kishilarga quvonch keltirishda ko‘prik sifatida foydalanish haqida ichki kelishuvlarga alohida urg‘u berilgan bo‘ladi. Sport siyosatdan tashqarida bo‘lishi lozimligi haqida uqtiriladi».
Sexvale o‘z safari yakunlari haqida FIFA prezidenti Janni Infantino va tashkilot bosh kotibi Fatma Samurani xabardor qiladi. Ular yaqin orada ushbu hududga tashrif buyurish niyatida.
Mavzuga oid
20:47 / 26.09.2024
AQSh va ittifoqchilar Isroil va «Hizbulloh»ni urushni to‘xtatishga chaqirdi. Netanyahu zarba yo‘llashda davom etishni buyurdi
12:03 / 26.09.2024
Isroil Livandagi yuzlab nishonlarni yo‘q qildi
09:10 / 26.09.2024
Isroil Livanda quruqlikda operatsiya o‘tkazishini e’lon qildi
21:24 / 25.09.2024