Xitoy jamoasi Igor Sergeyevni qaytarib yubordi
Shu yilning yozida Toshkentning «Paxtakor» jamoasidan Xitoyning «Beyjing Goan» jamoasi safiga borib qo‘shilgan Igor Sergeyev bu ligada uzoq vaqt qolmadi.
Shartnomaga ko‘ra, Sergeyev xitoyliklar klubida 6 oylik muddatda ijara asosida to‘p surishi, agar jamoada yaxshi o‘yin ko‘rsata olsa, qo‘shimcha shartnoma taklif etilishi nazarda tutilgandi.
Biroq o‘z debyutini «Tyanjin Teda»ga qarshi 14 daqiqalik o‘yini (0 – 0) bilan boshlagan hujumchining Xitoydagi faoliyati juda omadsiz kechdi. Umumiy hisobda 14 marotaba (7 marotaba asosiy tarkibda) «Beyjing Goan» safida maydonga tushgan Sergeyev 700 daqiqa maydonda to‘p surdi va atigi bitta gol urdi xolos.
Xitoydagi ishonchli manbaning ta'kidlashicha, «Beyjing Goan» futbolchi bilan shartnoma tuzishni istamagan va futbolchi «Paxtakor» klubida faoliyatini davom etirishi mumkin. Futbolchining amaldagi shartnomasi shu yilning 31 dekabrida o‘z yakuniga yetadi.
Mavzuga oid
19:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston Xitoydan 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi
13:48 / 23.04.2023
Xitoyning Fransiyadagi elchisi Qrim statusi va sobiq SSSR davlatlari suverenitetini shubha ostiga oldi
11:25 / 21.04.2023