Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ryanair aviakompaniyasi bepul chiptalar paydo bo‘lishiga va'da berdi
Ryanair aviakompaniyasi rahbari Maykl O'Lirining ma'lum qilishicha, yaqin o‘n yillar ichida kompaniyaning aviaparvozlarining aksar chiptalari bepul bo‘lishi mumkin. Bu haqda The Guardian nashri yozmoqda.
O'Lirining qayd etishicha, kompaniya olingan foydani aeroportlar bilan taqsimlash siyosati vositasida yo‘lovchilarni jalb qilish niyatida.
«Bizning kelajakdagi vazifamiz, aviaparvozlar narxini tushirishga urinishdan iborat. O‘ylashimcha, yaqin besh-o‘n yilda Ryanair chiptalarining katta qismi tekin bo‘ladi. Shu bilan barcha reyslar to‘la bo‘ladi, biz esa yo‘lovchilarning do‘konlarda qilgan savdolaridan tushgan foydani aeroportlar bilan teng bo‘lamiz», — degan aviakompaniya rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi rejalar Xitrou kabi yirik aeroportlarda ish bermaydi, ammo birmuncha kichikroq aeroportlar yo‘lovchilar oqimi ko‘payishidan manfaatdordir.