Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi radio va qo‘ng‘iroq soatli Bluetooth-ustunni (kolonka) taqdim etdi
Uyda dam olayotib yoki biror bir ish bilan shug‘ullanayotib, radio tinglashni yoqtirasizmi? Xiaomi'ning onlayn-radiotranslyatsiyalarni qo‘llovchi yangi Bluetooth-ustuni sizning deyarli barcha istaklaringizni amalga oshiradi. "Layfxaker" yangi texnologiya haqida ma'lumot berdi.
Ushbu qurilma Xiaomi kompaniyasining debyuti emas. Radioqurilmaning 2016 yilda namoyish etilgan bundan avvalgi namunasi sensor boshqaruvga ega bo‘lgan va internetga tashqi uskunalar yordamida ulangan. Buning uchun Mi Home ilovasiga ulanish va onlayn-translyatsiyadan bahra olish kerak bo‘ladi. Biroq unda gadjyet smartfondan boshqarilmas edi, u to‘liq statsionar bo‘lib, faqat 220 V tok manbaida ishlar edi.
Yangi radioqurilma eskisining barcha kamchiliklardan xoli bo‘ldi, tashqi ko‘rinishi ham o‘zgardi va to‘laqonli Bluetooth-ustunga aylantirildi. Endi esa tanlangan pley-listni tinglash uchun havo orqali spikerga ulanishning o‘zi kifoya.
Ishlab chiqaruvchi qurilmani batareya bilan ta'minlamadi. Ehtimol, qurilma o‘lchamlari va og‘irligi mobillikdan voz kechishga sabab bo‘lgandir. Masalan, uning vazni 1,5 kilogrammdan ortiq, analoglari esa 1 kilogrammga arang yetadi.
Gadjyet Amlogic 8726M3 protsessori, 8 Gb flesh-xotira va 2,5 dyuymli sabvuferlarga ega. Interfeyslardan 4.1 standart Bluetooth, 2.0 USB, shuningdek 3,5 millimetrli konnektor bilan ta'minlangan. Simsiz ulanishning iloji bo‘lmagan taqdirda, AUX-ulagich kerak bo‘ladi.



Yangi texnikadagi 1500dan ortiq stansiya, ovozli boshqaruv va qo‘ng‘iroqli soat imkoniyatlari texnikasevarlarni befarq qoldirmaydi. Istalgan vaqtni belgilang - qurilma tanlangan sozlamaga qarab, musiqa tovushini asta - sekinlik bilan ko‘tarib, sizni uyqudan uyg‘otadi.



Yangi radioqurilma 25 noyabrdan boshlab Xitoyda 58 dollardan sotuvga qo‘yiladi.
Mavzuga oid
15:00 / 04.06.2026
Xiaomi 17T seriyasi taqdim etildi - emotsiyalar, konsertlar va shahar hikoyalarini tasvirga olish uchun smartfonlar
00:56 / 20.04.2026
Xiaomi yangi noutbuklarini sotuvga chiqardi
22:37 / 29.03.2026
Xiaomi yangi arzon smartfonini taqdim etdi
20:35 / 08.02.2026