![](http://storage.kun.uz/source/1/PZXS_7KYdT_vCJwAd8yfWHqLL85ruZDL.jpg)
Foto: RIA «Novosti»
Yevroparlament rahbari Martin Shultsning bayonot berishicha, u vakolat muddati poyoniga yetishi bilan iste'foga chiqadi. YeP rahbari GFR parlament saylovlarida qatnashish istagida.
“Men yangi muddatga qolmaslikka qaror qildim. Kelgusi yilda Shimoliy Reyn — Vestfaliya federal yerligida partiyam ro‘yxatini boshqaraman”, — degan Shults Bryusselda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Martin Shults 2012 yil 17 yanvaridan Yevroparlamentga rahbarlik qiladi. Umuman, u 1994 yildan YePda faoliyat yuritadi.