Jamiyat | 19:51 / 24.11.2016
4855
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqanddagi sayyohlik obektlari restavratsiya qilinadi

Foto: «Gazeta.uz»

Samarqandda 2016-2017 yillarda 15ta madaniy meros obekti restavratsiya qilinadi. Bu haqda “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ayni kungacha madaniy merosga aloqador 10ta obekt restavratsiyadan o‘tkazilgan, jumladan, “Afrosiyob” va yana bitta muzey ana binolar tarkibida bor.

Ruhobod ehromi devorlari yanada mustahkamlandi, Mahdumi Xorazmiy masjidining ichki qismi, G‘ishtli masjid binosining ichki devorlari, tomining ichki va tashqi qismi ta'mirlandi.

Nurobod tumanida Hazrati Dovud g‘ori to‘liq qayta tiklandi. Sayyohlarga xizmat ko‘rsatadigan yangi obektlar ishga tushirildi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid