Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaning Adana shahrida terrorchilik sodir etildi
Turkiyaning Adana shahar hokimiyatining avtomobillar to‘xtash joyida terrorchilik harakati sodir etildi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 2 kishi hayotidan mahrum bo‘lgan, yana 16 kishi yaralangan. Bu haqda, shahar ma'muriyati rahbari Mahmud Demirtoshga asoslangan holda CNN-Turk telekanali xabar qilmoqda.
Hodisa Mahmet Nuri Sabunju shohko‘chasidagi hokimiyat binosining avtomobil to‘xtash joyida yuz bergan. Terrorchilar portlovchi moslamalar joylangan avtomobilni avvalroq, bu yerga keltirib qo‘ygan. Qurilma ertalabki tig‘iz vaqtda, soat 8:05da harakatga keltirilgan.
Buning oqibatida to‘xtash joyidagi boshqa avtomobillarga talofat yetgan, bu vaqtda ishga kelgan va shu hudud yaqinidan o‘tayotganlarga zarar yetgan. Hokimiyat binosining oynalari singan.
Shahar hokimi Mahmut Demirtoshning so‘zlariga ko‘ra, portlash hokimiyat binosiga kiraverishga yaqin joyda sodir etilgan. Uning aytishicha, jinoyatni bir ayol kishi sodir etgani taxmin qilinmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.