Jahon | 00:46 / 25.11.2016
8055
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil razvedka vaziri yong‘inlar oqimi qasddan uyushtirilganligini ta'kidladi

Foto: Reuters

Isroil razvedka vaziri Israel Kats uch kundan beri mamlakatning turli hududlarida davom etayotgan  yong‘inlarning sababini ularning qasddan uyushtirganligi bilan izohladi. 

Payshanba kunining eng "qaynoq nuqtasi" yirik shimoliy shahar - Xayfa bo‘ldi. U yerdan minglab aholi evakuatsiya qilinmoqda. 

"Mamlakatni yong‘inlar to‘lqini qamrab oldi, ularning sababi esa - qasddan o‘t qo‘yishda", - dedi razvedka sohasi bilan birga transport vaziri lavozimini yurituvchi Kats. Siyosatchining bayonoti uning matbuot xizmati tomonidan tarqatildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy huquq-tartibot organlari yong‘inlarni tashkillashtirish millatchilik masalasiga borib taqalishini taxmin qilmoqda. "Men qonunchilikda o‘zgartirish kiritish tashabbusi bilan chiqmoqchiman, yangi qonun loyihasi aybdorning uyi va mol-mulkini musodara qilishga imkon bersa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu ham tiyilishning bir omili", - dedi u. 

Adliya vaziri Ayyelet Shaked ijtimoiy tarmoqlarda qasddan yong‘in uyushtirish uchun 15-20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinish mumkinligini eslatib o‘tdi. 

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, Xayfadan tashqari, Quddus  atrofidagi hududlar, Tel-Aviv va Quddus o‘rtasida joylashgan Modiin shahri hamda Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘idagi aholi punktlarida yong‘in bilan kurash olib borilmoqda. 

Isroil jahon hamjamiyatiga yordam so‘rab murojaat qilgan. Olti mamlakat o‘zining o‘t o‘chiruvchi samolyotlarini Isroilga jo‘natgan. 

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid