Jahon | 08:06 / 25.11.2016
7803
1 daqiqa o‘qiladi

Nadejda Savchenko jonli efirda giyohvandlik testini topshirdi

«112 Ukraina» telekanalining boshlovchisi Polina Golovanova «Vecherniy praym» dasturi chog‘ida tahlilga yuborish maqsadida xalq deputati Nadejda Savchenko sochining jingalak qismidan kesib olgan. 

«Mening bilishimcha, sochlar, aniqrog‘i uning uzun qismi irsiy xotiraga ega. Shunga ko‘ra uni ildiziga yaqin joydan kesib olish kerak yoki qondan tekshirish mumkin. Rossiya qamoqxonasida bo‘lgan vaqtlarimda, mendan ko‘p marta tahlil uchun qon olishgan. Har safar biron narsa qo‘shmasa edi, deya xavotirlanardim», — degan Savchenko. 

Ukraina Oliy radasi deputati shuningdek, telekanal studiyasiga ishonishini va zarur bo‘lsa qon tahlili topshirishga ham tayyorligini bildirgan. 


 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid