Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda o‘tgan “Chegirmalar jumasi”da ikki kishi halok bo‘ldi
Foto: © EPA
AQShda o‘tgan “Chegirmalar jumasi”da shtatlardagi qator shaharlarda bo‘lgan otishmalar oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi yaralandi. Bu haqda New York Daily News gazetasi yozmoqda.
Nashr bergan ma'lumotlarga ko‘ra, mana shu kunda savdo markazlari yonida to‘rtta otishma sodir bo‘lgan. Nyu-Jyersining Atlantik okrugida joylashgan Macy's univermagi yaqinida sodir etilgan otishmada bir kishi halok bo‘lgan, yana biri jarohatlangan. Noma'lum shaxs mahalliy aholi vakillari bo‘lmish 20 yashar yigit va 26 yosh akasiga o‘t ochgan. Birinchisi halok bo‘lgan, ikkinchisi yaralangan hamda uni shifoxonaga olib ketishgan.
Reno shahrida (Nevada shtati) Walmart gipermarketiga tashrif buyurganlardan biri boshqa bir xaridor tomonidan otib tashlangan. Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, erkaklar avtoturargohda joy talashib, tortishib qolishgan. Otgan shaxs voqea joyidan yashiringan.
Memfis shahri (Tennessi shtati) mahalliy savdo markazlaridan biriga kelgan shaxs boshqa biriga qarata o‘t ochgan. Jabrdiyda og‘ir yarador holatda shifoxonaga yotqizilgan. Tennessida yashovchilardan yana ikki nafari Chattanuga shahridagi gipermarket yonida bir-birini otishi oqibatida yaralangan.
Mavzuga oid
23:32 / 16.04.2026
Bolalarni o‘ldirgan bolalar. Turkiya maktablaridagi qonli otishmalar tafsiloti
21:22 / 16.04.2026
Tramp Isroil va Livan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganini e’lon qildi
21:10 / 16.04.2026
AQSh Eronga qarshi yana bir «Iqtisodiy qahr» operatsiyasini boshlaydi
20:59 / 16.04.2026