Jamiyat | 12:42 / 26.11.2016
5563
1 daqiqa o‘qiladi

Alyaskadagi mehmonxonada 4 kishining o‘ligi topildi

Foto: Daily Mail

AQShning Alyaska shtati hukumati ma'lum qilishicha, Ferbanks shahridagi mehmonxonalardan birining xonasida to‘rt kishining jasadi topilgan. Ulardan biri yosh go‘dakka tegishli, deb xabar qilmoqda Associated Press agentligi.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, ular o‘qotar quroldan otib ketilgan. 

Xabarlarda aytilishicha, voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari, mehmonxona ikkinchi qavatining yo‘lagida yig‘lab o‘tirgan erkak kishini ham aniqlashgan. 

Fojia sabablari aniqlanmoqda. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid