Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Yevroparlamentga "o‘z o‘rnini bilishi" lozimligini aytdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Istanbuldagi namoyishdagi nutqida Yevroparlament Turkiyani u emas, balki Turkiya hukumati boshqarishini anglashi lozimligini aytdi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda.
"Deyarli har kuni teraktlarga duch keladigan Turkiyadan terrorchilik tuzilmalari bilan kurash olib bormaslikni talab qilish davlatni terrorchilar ixtiyoriga topshirish bilan teng kuchlidir", deb aytdi Erdo‘g‘an.
U Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga qabul qilinishini to‘xtatish chaqirig‘iga ega rezolyutsiyani qabul qilgan Yevroparlament pozitsiyasini ham tanqid qildi.
"Yevroparlament, o‘z o‘rningni bil! Bu davlatni Yevroparlament emas, hukumat boshqaradi", deb aytgan Erdo‘g‘an.
Uning aytishicha, muhojirlar inqirozi Yevropa davlatlari insoniy qadriyatlar va insonparvarlikdan qanchalik yiroqlashishi mumkinligini ko‘rsatdi.
Mavzuga oid
19:44 / 25.04.2026
AQSh–Eron urushi fonida Turkiya nega asabiylashmoqda?
18:07 / 25.04.2026
Eron urush tufayli yopilgan xalqaro aviaqatnovlarni qayta tikladi
23:00 / 24.04.2026
Turkiyada 15 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlarga kirish taqiqlandi
22:57 / 23.04.2026