Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroparlament fraksiyasi rahbari: YeIda Turkiya uchun joy yo‘q
Turkiya Yevropa Ittifoqiga a'zo bo‘la olmaydi. Bu haqida Yevroparlamentning xristian demokratlar fraksiyasi rahbari Manfred Veber "Neue Osnabrücker Zeitung" gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.
"YeIda Turkiya uchun joy yo‘q", - dedi nemis siyosatchisi. U Anqara bilan iqtisodiyot, madaniyat va talabalar almashinuviga doir hamkorlik bitimlarini alohida imzolash maqsadga muvofiqligini qo‘shimcha qildi.
Yevroparlament payshanba kuni Strasburgda bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda Turkiyaning blokka a'zoligiga doir muzokaralarni to‘xtatishga chorlovchi rezolyutsiyani tasdiqladi. Bu Anqarada katta muhokamaga sabab bo‘ldi. Turkiya bosh vaziri Binali Yildirimning so‘zlariga ko‘ra, hujjat mamlakat uchun hech qanday yuridik kuchga ega emas.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026