Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 00:25 / 27.11.2016
4956
1 daqiqa o‘qiladi
Floridadagi savdo markazida otishma yuz berdi
Foto: © AP
AQShning Florida shtatida joylashgan Koral-Springs shahrida noma'lum kimsa savdo markazida otishma sodir etdi. Bu haqda mahalliy rasmiylar ma'lum qildi.
Otishma oqibatida bir kishi halok bo‘lgan. Yana bir kishi jarohat olgan, biroq uning jarohati haqida hech narsa ma'lum qilinmagan.
Voqea sababi ayni vaqtda ma'lum qilinmayapti, deb xabar bermoqda NY Daily News.
Markaz atrofi o‘rab olingan. Politsiya otishmani sodir etgan kimsa qidirilayotganini aytmagan, biroq shu bilan birga u ushlangan-ushlanmagani haqida ham hech narsa ma'lum qilmagan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish