Jahon | 07:57 / 27.11.2016
12780
1 daqiqa o‘qiladi

Kyolndan uchgan samolyot o‘z yo‘nalishini keskin o‘zgartirib, aloqaga chiqmay qo‘ydi

Foto: ZoomViewer

Germaniyaning Kyoln shahridan havoga ko‘tarilgan Airbus A320 samolyoti Atlantika okeani ustida o‘z yo‘nalishini keskin o‘zgartirdi. Ta'kidlanishicha, samolyot bir soatdan beri okean ustida uchib yuribdi, ekipaj esa aloqaga chiqmayapti.

Yerdagi xizmatlar samolyot qayerga yo‘l olayotganidan bexabarlar. Aviatsion dispetcherlik xizmatlari radarlarning ko‘rsatishicha, samolyot Farer orollari yaqinida osmonda g‘alati shakllarni amalga oshirayotganini ma'lum qilgan. 

Samolyot Air Berlin aviakompaniyasiga tegishli ekani haqida ma'lumotlar mavjud. Flightradar24 portalining taxminicha, samolyot mashg‘ulot parvozini amalga oshirayotgan bo‘lishi mumkin, chunki uning reysi raqami BER9777 aeroportning onlayn-tablosida ko‘rsatilmagan.

 

Mavzuga oid