Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sher va uch yo‘lbars hayvon o‘rgatuvchiga og‘ir jarohat yetkazdi
Foto: Globallookpress
Misrda sirk tomoshasi vaqtida sher va uch yo‘lbars hayvon o‘rgatuvchiga hujum qilib qoldi. Bu haqda "Al-Axram" nashriga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Voqea Iskandariya shahri yaqinida yuz bergan. Tomosha vaqtida sher hayvon o‘rgatuvchiga hamla qilib, uning bo‘yniga xippa yopishib olgan. Bu yetmagandek, tomoshada ishtirok etayotgan yana uch yo‘lbars ham sher o‘rgatuvchiga tashlangan.
Sher o‘rgatuvchi og‘ir jarohatlar bilan Iskandariyadagi shifoxonaga yetkazilgan. Ayni vaqtda u og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limida qolayotgani ta'kidlanmoqda.
Yirtqichlarning bunday tajovuzkorona harakatiga nima sabab bo‘lgani noma'lumligicha qolmoqda.
Mavzuga oid
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
10:43 / 19.03.2026
Misrning yuzga yaqin dori vositasi O‘zbekistonda mahalliylashtiriladi
11:40 / 06.03.2026
O‘zbekiston va Misr gepatit C uchun dori vositalari ishlab chiqaradi
10:21 / 26.02.2026