Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubaydagi choy sotuvchi faxriy mehmonga aylandi
Foto: Gulfnews.com
Hindistonliklar uchun eng mashhur choy sotuvchi inson ularning bosh vaziri Narendra Modi hisoblanadi.
Biroq Deyradagi Al Musalla ko‘chasida sotuvchilar va do‘kon egalari uchun hindistonlik boshqa tanilgan choy sotuvchisi bor.
20 yildan buyon choy sotib kelayotgan keralalik Muhammad Shafi elektron do‘kon ochilish marosimiga mashhur inson sifatida taklif qilindi.
Key Fashion Electronics Trading rahbari Nilesh Bxatiya o‘zining uchinchi shourumi ochilishiga Shafini faxriy mehmon sifatida chaqirishga qaror qildi.
50 yoshli o‘ta kamtarin bo‘lgan Muhammad Shafi yuzda tabassum bilan ko‘plab mehmonlarning olqishi ostida lentani kesib berdi. Shuningdek, Shafiga ehtirom belgisi sifatida Bxatiya unga ro‘mol o‘rab qo‘ydi.
"Men hayotimda bu kabi hodisa bo‘lishini sira ham kutmagan edim. Bxatiya kabi bunday yoqimli ishlarni amalga oshiruvchi kishilar haqida avval eshitmaganman. Men shunchaki u boshlagan biznes yanada rivojlanishini tilab qolaman", - deydi tumanning mashhur choy sotuvchisi.
O‘z navbatida Bxatiya ham Shafining sharafiga iliq so‘zlar aytdi. "Men do‘konimni 20 yildan ortiq vaqt davomida halollik va sodiqlik bilan xizmat qilgan inson ochib berishini istagan edim. Men do‘konga kelganimda u hattoki, so‘rab ham o‘tirmay, tezda ko‘k choy keltirib beradi. Divali bayramida esa barchamizga maxsus sharbatlar olib keladi".
Tantanali ochilishdan so‘ng taniqli choy sotuvchining qo‘llari sovg‘aga to‘lib ketdi.
Mavzuga oid
08:41 / 15.04.2026
O‘zbekiston va Hindiston harbiylari qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi
10:10 / 04.04.2026
Hindiston O‘zbekistonda bodomzorlar tashkil etadi
15:19 / 02.04.2026
Bir milliarddan ortiq aholi, uch million amaldor, 33 ta savol - Hindistonda aholini ro‘yxatga olish boshlandi
08:30 / 02.04.2026