Jahon | 16:05 / 28.11.2016
4950
2 daqiqa o‘qiladi

Guterresh mojarolarga barham berishda Xitoy salohiyatini yuqori baholadi

Foto: AP

Xitoy dunyoning turli mintaqalaridagi xalqaro mojarolarga barham berishda yetakchi vositachi bo‘lishi mumkin. BMTning yangi saylangan bosh kotibi Antoniu Gutterish XXR tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida shunday bayonot bergan. 

"Xitoy dunyoning turli mintaqalaridagi o‘zaro ziddiyatlashgan tomonlarni yarashtirish borasida vositachi bo‘lishi mumkin. Xitoy tinchlikni o‘rnatish borasidagi diplomatiyada muhim o‘rin tuta oladi. Bugungi kunda dunyo aynan shunday diplomatiyaga muhtojlik sezmoqda", — degan Gutterish.

"Ta'kidlashni istardimki, Xitoy dunyoning ko‘p tomonlama hamkorlik o‘rnatish borasidagi ustunlaridan biridir.  Bu Xitoy va BMT hamkorligining ahamiyatini ta'kidlaydi", — deb qo‘shimcha qilgan Gutterish.

U shuningdek, Xitoy BMTning yirik moliyaviy donorlaridan biri ekanini ta'kidlab, BMT tinchlikparvarlik faoliyatiga jiddiy hissa qo‘shayotganini qayd etgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid