Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mourinoga diskvalifikatsiya tahdid solmoqda
«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
U Angliya chempionati 13-turida «Vest Hem Yunayted»ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida qizil kartochka olib maydonni tark etgan edi.
Telegraph nashrining yozishicha, endilikda, bosh murabbiy o‘zini munosib tuta olmagani uchun ikki o‘yinga chetlashtirilishi mumkin.
Portugaliyalik mutaxassis o‘yin bosh hakami Jonatan Mossning qaroriga norozilik bildirgani sababli qizil kartochka bilan siylangan edi. Moss keskin kurashlar bilan kechayotgan bahsning 27-daqiqasida simulyatsiya uchun Pol Pogbaga sariq kartochka ko‘rsatganiga javoban qiziqqonlik qilgan Mourino suv idishni tepib, yordamchi hakamga o‘z noroziligini bildirdi.

Shundan so‘ng, Moss bosh mutaxassisni o‘yinni tribunadan kuzatishi uchun maydondan chetlatdi.
Mavzuga oid
12:13 / 16.11.2021
«Roma»dagi asosiy maqsad, Mourinoning boshqalardan farqi, «Paxtakor»ga o‘tmagani, Babayan, Kuper, Abramov va Katanets davri taqqosi – Shomurodov bilan intervyu
08:11 / 30.09.2020
Mourino-Lempard tortishuvi. Murabbiylar vaziyatga izoh berishdi
03:17 / 10.12.2019
«Arsenal» 9 daqiqa ichida 3ta gol urib, «Vest Hem» ustidan irodali g‘alabaga erishdi (turnir jadvali)
18:44 / 27.04.2019