Angliya Premer-ligasi 16-turi doirasidagi sönggi uçraşuvda safarda «Vest Hem»ga qarşi maydonga tuşgan «Arsenal» irodali ğalabaga erişdi.
London derbisida hisobni 38-daqiqada mezbonlar himoyaçisi Ogbonna oçib, jamoasini tanaffusga ğolib sifatida olib çiqdi.
Ammo, ikkinçi bölimning 60-daqiqasida Martinelli muvozanatni tiklagan bölsa, 66-daqiqada Pepe, 69-daqiqada esa Obameyang gol urib, Yungberg qöl ostida «Arsenal»ga dastlabki ğalabani taqdim etişdi.
Uşbu ğalabadan söng, «Arsenal» oçkolar sonini 22taga yetkazib, turnir jadvalida 9-öringa kötarilgan bölsa, «Vest Hem» 16-örinda qoldi.
Qayd etiş joiz, bu «Arsenal»ning oktabr oyidan buyon Premer-ligadagi dastlabki ğalabasi böldi. «Kanonirlar» 7 öyinlik ğalabasiz seriyasiga çek qöyişdi.
APL. 16-tur. 9 dekabr (duşanba)
Vest Hem – Arsenal 1:3
Gollar: 1:0 – 38 Ogbonna, 1:1 – 60 Martinelli, 1:2 – 66 Pepe, 1:3 – 69 Obameyang.
Vest Hem – Martin, Frederiks, Balbuena, Kressuell (Masuaku, 51), Ogbonna, Snodgrass (Xolland, 78), Rays, Antonio, Nobl, Felipe Anderson (Aller, 70), Fornals.
Arsenal – Leno, Çembers, Tirni (Kolaşinats, 29), Papastatopulos, Meytlend-Naylz, Jaka, Torreyra, Pepe, Özil, Martinelli, Obameyang.

















