Jamiyat | 16:59 / 28.11.2016
5011
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada samolyot qushlar galasi bilan to‘qnashib ketdi

Foto: © AFP

Istanbuldan Antalyaga parvoz qilgan Turkish Airlines aviakompaniyasi samolyoti qushlar galasi bilan to‘qnashib ketgach aeroportga qaytdi, deb xabar bermoqda Milliyet gazetasi.

Bortida 176 yo‘lovchi bo‘lgan Airbus A321 layneri Otaturk aeroportidan havoga ko‘tarilgan bo‘lib, ko‘p o‘tmay qushlar galasi bilan to‘qnashib ketgan.

Havo kemasi kapitani aeroportga qaytish haqida qaror qabul qildi. U odatiy rejimda qo‘nib, angarga jo‘natildi. Laynerning qandaydir zarar ko‘rgani xabar berilmadi.

Barcha yo‘lovchilar Antalyaga boshqa reys bilan jo‘natildi, ta'kidlaydi gazeta.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid