Jahon | 08:28 / 29.11.2016
2995
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh va Fransiya dunyo mintaqalari bo‘yicha harbiy ma'lumot alishadi

Foto: mtviewmirror.com

AQSh va Fransiya dunyoning o‘z qo‘shinlari bo‘lgan turli hududlari bo‘yicha ma'lumot alishishga kelishib oldilar, deyiladi ikki tomonning birgalikdagi bayonotida. Har ikki davlat mudofaa vazirlari Vashingtonda bu borada kelishuv imzolagan.

“Eng avvalo bizning qurolli kuchlarimiz hamkorlik qiladigan va o‘zaro manfaatlarimiz bo‘lgan dunyo hududlari bo‘yicha tahliliy ma'lumot va baholashlarni alishamiz”, - deyiladi hujjatda. Ta'kidlanishicha, gap asosan “Yevro-Atlantik hudud, Hind ummoni, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi” haqida bormoqda.

Shuningdek, Vashington va Parij o‘zaro hamkorlikda amaliyotlar o‘tkaziladigan sayyora tumanlari, xususan Yaqin Sharq va Afrikada bir-birlarini qo‘llab-quvvatlash borasida rejalari borligini ma'lum qilishgan.

Shu bilan bir qatorda, tomonlar kiberxavfsizlik, fazo, yadroviy, kimyoviy, biologik va radiologik mudofaa sohalarida ham hamkorlikni kuchaytirishlari haqida bong urishdi.
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid