Jeep brendiga egalik qiluvçi Stellantis kompaniyasi ayrim avtomobillarda yonğin kelib çiqişi xavfi aniqlangani sababli yirik qaytarib oliş dasturini e’lon qildi.

Ma’lum qilinişiça, muammo elektr tizimi yoki yuqori kuçlanişli komponentlar bilan boğliq bölişi mumkin. Şu bois kompaniya ehtiyot çorasi sifatida bir milliondan ortiq avtomobilni tekşiruv va ta’mirlaş uçun servis markazlariga çaqirmoqda.

Avtomobil egalariga xavf bartaraf etilgunga qadar transport vositalarini garajlarda yoki turar joy binolari yaqinida qoldirmaslik, imkoni boriça oçiq maydonlarda töxtatib turiş tavsiya etilgan.

Kompaniya mutaxassislari muammo sabablarini aniqlaş va tegişli texnik yeçimlarni joriy etiş işlarini davom ettirmoqda.

Sönggi yillarda elektromobillar va gibrid transport vositalarida batareyalar bilan boğliq xavflar sabab dunyodagi bir qator yirik avtokonsernlar ham şunga öxşaş çaqirib oliş kampaniyalarini amalga oşirgan edi.

Jeep egalariga avtomobillarining qaytarib oliş dasturiga kiritilgan yoki kiritilmaganini kompaniyaning rasmiy axborot kanallari yoki dilerlik markazlari orqali tekşiriş tavsiya etilmoqda.