«El-klasiko»dan oldin Ronalduda jarohat borligi ma'lum bo‘ldi
Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatining 14-turida «Barselona»ga qarshi uchrashuvdan oldin kichik jarohat olgan. Bu haqda As nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, Ronaldu dubl qayd etgan 13-tur doirasidagi «Sporting Xixon»ga qarshi uchrashuvdan so‘ng (2:1) portugaliyalik futbolchining oyog‘ining son qismida bir qancha muammolar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo 28 noyabr kuni Ronaldu umumiy guruh bilan mashg‘ulot o‘tadi va Kataloniyadagi uchrashuvda maydonga tushishi kutilmoqda.
Qayd etib o‘tish joiz, «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Zaynidin Zidan «klasiko»da shu hafta jarrrohlik stoliga yotqiziladigan Garet Beyl xizmatidan foydalana olmaydi.
Ispaniya chempionatining 14-tur markaziy uchrashuvi 3 dekabr kuni «Kamp Nou» stadionida Toshkent vaqti bilan 20:15 boshlanadi.
Mavzuga oid
13:29 / 17.09.2024
Ronaldu - «MYu»ni tark etishi, klub bilan hozirgi munosabatlari va o‘g‘lining futbolchi bo‘lish istagi haqida
10:49 / 13.09.2024
Ronaldu birinchi bo‘lib ijtimoiy tarmoqlarda 1 mlrd obunachiga ega bo‘ldi
11:38 / 12.09.2024
Ronaldu - «Real»dagi faoliyati, Mbappe Madridga o‘tishi va Kroos faoliyatini yakunlagani haqida
19:43 / 02.09.2024