Jahon | 19:47 / 29.11.2016
7749
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an YeIga boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilish bilan tahdid qildi

Foto: Getty Images

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an uning davlatida Yevropa Ittifoqiga muqobil boshqa hamkorlar borligini aytdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.   

Istanbuldagi anjumanda Turkiya prezidenti Anqara "Yevropa Ittifoqi kitobini yopmaganini", biroq Turkiyada boshqa muqobil hamkorlar borligini aytdi. 

Erdo‘g‘anning aytishicha, potensial hamkorlar bilan muzokaralar amalga oshirilish bosqichida turibdi 

"Biz o‘z yo‘limizni ulardan biri bilan davom ettirishimiz mumkin", deb aytib o‘tdi Erdo‘g‘an. 

U shu tariqa o‘tgan haftada Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirishi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatishni tavsiya qilgan Yevropa parlamentining bayonotiga izoh berdi.

Avvalroq Erdo‘g‘an Turkiya YeIga "istalgan yo‘l bilan" kirishni istamayotganini aytgandi va Yevroparlamentga "o‘z o‘rnini bilishi lozimligini tavsiya qilgandi". 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid