Sport | 10:59 / 29.11.2016
8001
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada «el-klasiko»ni «Barselona» yutishiga ko‘pchilik ishonmayapti

Madrid shahrida chop etiluvchi Marca nashri 14-tur doirasida o‘tadigan «Barselona» va «Real» jamoalari uchrashuvi borasida fikrlarni bilish maqsadida o‘z o‘quvchilari o‘rtasida so‘rovnoma tashkil qildi.

Muxlislar so‘rovnomada uchrashuvda kim g‘alaba qozonishi haqida o‘z fikrlarini bildirishlari lozim edi. 

O‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, juda ham kam muxlislar bu uchrashuvda mezbonlar g‘alabasiga ishonishi ma'lum bo‘lgan. Bor-yo‘g‘i 14 foiz foydalanuvchilar Luis Enrike shogirdlarining muvaffaqiyatiga ishonmoqda. 23 foiz muxlislar uchrashuvda durang qayd etilishini, 63 foiz muxlislar esa o‘yin «Real» g‘alabasi bilan tugashi haqida fikr bildirgan.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid