Jahon | 12:20 / 29.11.2016
14373
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston poytaxtida xususiy maktab alanga domida qoldi (Video)

Qirg‘iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahridagi xususiy maktablardan birida yong‘in yuz berdi. Bu haqda respublika favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qilgan. 

Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, 29 noyabr ertalabki 8:40da «101» raqamiga Tokombayev ko‘chasi, 46 manzili bo‘yicha yong‘in yuz berayotgani haqidagi xabar kelib tushgan. 

Alangani o‘chirish uchun 3ta o‘t o‘chirish mashinasi jalb etilgan. So‘nggi tafsilotlar aniqlanmoqda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов

Mavzuga oid