Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Xyuston aeroportida ayol to‘xtayotgan samolyotdan sakradi
United Airlines aviakompaniyasining Yangi Orleandan Xyustonga uchib kelgan samolyoti aeroportga qo‘ngach, to‘xtash arafasida undan bir ayol sakragan. 28 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan voqea haqida ABC telekanalining saytida ma'lum qilingan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot jadvalda ko‘rsatilgan vaqtdan yarim soat oldin qo‘ngan. Ayol havo kemasining to‘xtatishini kutib o‘tirmagan, mustaqil ravishda zaxira lyukini ochgan, qanotga chiqqan, yerga sakragan va samolyotdan nariga yugurib ketgan.
U politsiya xodimlari tomonidan tezkorlik bilan qo‘lga olingan. Ayni damda ayolning ruhiy salomatligini tekshirib ko‘rish uchun uni ruhiy shifoxonada saqlashmoqda. Telekanalning ma'lum qilishicha, okrug prokuraturasi mazkur voqea sabab ayblov kiritmagan, FQB esa surishtiruv boshlamagan.
Mavzuga oid
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
20:48 / 05.04.2026
AQSh Eron bilan urush davomida yettita samolyotini yo‘qotdi – OAV
13:56 / 23.03.2026