Ozarboyjonda Ravon brendi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Ozarboyjon poytaxti Bokuda Ravon brendi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. AZeRTAJning ma'lum qilishicha, taqdimotda O‘zbekistonning Ozarboyjondagi elchisi Sherzod Fayziyev ishtirok etdi.
"Mahalliy avtomobillar – mustaqil O‘zbekistonning eng asosiy yutuqlaridan biridir. Avtosanoatimiz zamonaviy mahsulotining navbatdagi taqdimoti davlatimiz rivojlanishi iqtisodiy modeli va O‘zbekistonda o‘z kuchi va salohiyatiga tayangan holda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligi ko‘rsatkichi hisoblanadi", deb aytdi Fayziyev taqdimotda.
Fayziyev avtomobilsozlik turdosh sohalar rivojlanishi va aholi bandligining oshishiga yangi impuls bergan O‘zbekistonning butun sanoati lokomotivi hisoblanishini ta'kidlab o‘tdi.
"O‘zbekiston Markaziy Osiyo hududida yengil avtomobillarning butun spektrini ishlab chiqaruvchi yagona davlat hisoblanadi. U avtomobillarni 12 tadan ko‘proq davlatga eksport qiladi. 1996 yilda o‘z faoliyatini 3 ta kichik litrajli avtomobilni ishlab chiqarishdan boshlagan avtomobilsozlik sanoati ayni vaqtda nafaqat GM, balki Germaniyaning MAN, Yaponiyaning Isuzu va boshqa ko‘plab kompaniyalar bilan hamkorlik qilib, turli maqsadlarga mo‘ljallangan 20dan ko‘proq turdagi avtomobilni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan", deb aytmoqda Fayziyev.
Mavzuga oid
09:50 / 20.09.2024
Toshkentda O‘zbekiston-Ozarboyjon maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
22:04 / 03.09.2024
Ozarboyjon va O‘zbekiston parom ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
07:42 / 02.09.2024
Ozarboyjondagi parlament saylovlarida Aliyevning partiyasi g‘alaba qozondi
18:55 / 30.08.2024