Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Antarktidadagi juda katta aysbergning ajralishi videoda ko‘rsatib berildi
Ohayo (AQSh) shtati Universiteti geofiziklari Antarktida ichidan bo‘linayotganini isbotlashdi. Qit'a tanazzuli, xususan juda katta hajmdagi aysbergning paydo bo‘lishini ko‘rsatib bergan video oliy ta'lim muassasasi saytida joylashtirilgan. Bunga bag‘ishlangan tadqiqot esa Geophysical Research Letters jurnalida chop etildi.
Olimlar xulosasiga ko‘ra, G‘arbiy-Antarktik to‘siqni cheklab turuvchi shelf muzligining bir qismi – Payn Aylend yuza qismdagi iliq suvlar tufayli yemirilmoqda. Geofiziklar tomonidan taqdim etilgan rolikda muzlik asosida 2013 yilda 36 kilometrlik yoriq paydo bo‘lganini ko‘rish mumkin. 2015 yilda esa uning kengayishi juda ham yirik muzlikning ajralib chiqishi va aysberg tashkil topishiga turtki berdi.
Olimlar muzlik tanazzulini fazoviy kuzatuvlar yordamida aniqlashdi. Mutaxassislarning fikricha, G‘arbiy-Antarktik to‘sig‘i 100 yildan keyin tushib ketishi mumkin. Bu esa Jahon ummoni darajasining 10 metrga oshishi va Nyu-York hamda Mayami kabi qirg‘oq bo‘yidagi shaharlarning suv ostida qolishiga olib keladi.
Mavzuga oid
07:31 / 14.03.2026
Antarktidadagi sirli ko‘lni sun’iy yo‘ldoshlar tasvirga oldi
21:32 / 06.01.2026
«Qiyomat kuni» muzligining harakati tezlashgani qayd etildi
07:51 / 25.09.2025
Antarktida muzlari ostida avval noma’lum bo‘lgan 85 ta «faol» ko‘l topildi
20:10 / 23.03.2025