Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chekishdan voz kechish keksa yoshda hayot davomiyligini oshiradi
Chekishdan voz kechish keksa yoshda hayot davomiyligini oshiradi, deb xabar qilmoqda olimlar. Ular xulosasi tadqiqot natijalari bilan mustahkamlangan. Ilmiy izlanish esa American Journal of Preventive Medicine jurnalida chop etildi.
AQShning Merilendidagi saraton Milliy instituti mutaxassislari olti yil ichida 70 yoshdan katta bo‘lgan 160 ming kishini kuzatib bordi. Ular orasida doimiy chekuvchilar va chekishni tashlaganlar bo‘lgan. Tadqiqot ishtirokchilari orasida, uning yakuniga qadar vafot etganlar soni chekmaydiganlarda 12,1 foizni, chekuvchilarda esa 33,1 foizni tashkil qildi. Chekishni tashlaganlar orasida o‘lim xavfi ehtimoli 30 yoshdan undan voz kechganlarda 16,2 hamda 60 yoshidan tashlaganlarda 27,9 foizni tashkil etdi.
Chekish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘lim holatlari asosan o‘pka, yo‘g‘on ichak, oshqozonosti bezi va oshqozon saratoni, yurak xastaligi, diabet, pnevmoniya va o‘pkalarning doimiy kasalligi sabab yuz bergan.
Mavzuga oid
22:06 / 10.06.2026
Mutaxassislar 8 soatlik uyqu haqidagi afsonani rad qildi: aslida qancha uxlash kerak?
20:10 / 02.06.2026
Olimlar havodagi plastik zarralari yashirin xavf ekanini aniqladi
22:32 / 01.06.2026
Har kuni qahva ichishning salomatlik uchun 4 ta foydasi
17:17 / 31.05.2026