Jamiyat | 09:21 / 30.11.2016
4141
1 daqiqa o‘qiladi

Ekvador prezidenti barcha vazirlardan iste'foga chiqishlarini so‘radi

Foto: © RIA Novosti

Ekvador prezidenti Rafael Korrea seshanba kuni o‘z hukumatining barcha vazirlaridan iste'foga chiqishlarini so‘radi.

Telegrafo portalining o‘z manbalariga tayangan holda ta'kidlashicha, Korrea bunday iltimos bilan Havanaga uchishdan oldin murojaat qilgan. Kuba poytaxtida esa rahbar Fidel Kastro bilan vidolashuv marosimida qatnashadi.

Hukumatning iste'fosiga aniq nima sabab bo‘lgani hozircha noma'lum. Biroq, bu “vazirlar mahkamasini kislorod bilan to‘yintirish” maqsadida amalga oshirilgani ta'kidlandi. Yangi lavozim tayinlovlari Korrea Havanadan uchib kelganidan so‘ng amalga oshishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Korrea so‘nggi bora bunday iltimos bilan 2014 yilda chiqqandi. O‘shanda hukmron partiyaning munitsipal saylovlarning omadsiz natijasi bunga turtki bergan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid