Jahon | 08:44 / 30.11.2016
2581
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda shaxtadagi yong‘in oqibatida 22 kishi yer ostida qolib ketdi

Illyustrativ surat

Xitoyning Xeyluntszyan viloyatidagi Tsitayze shahar okrugidagi ko‘mir shaxtasida yuz bergan yong‘in tufpyli 22 kishi yer ostida qolib ketdi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi.

Voqea seshanba kuni kechqurun yuz bergan. Ayni damda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Ma'lumot uchun, XXR tog‘-kon sanoati sohasi dunyodagi eng xavflilardan sanaladi. Har yili shaxtalardagi avariyalar oqibatida minglab insonlar hayotdan ko‘z yumadi. Halokatlarning asosiy sababi – texnika xavfsizligiga rioya qilmaslikda.
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid