Jamiyat | 15:37 / 30.11.2016
4163
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston fuqarolari umumiy daktiloskopiyadan o‘tkaziladi

Foto: © RIA Novosti

Qozog‘iston fuqarolari, shuningdek, respublikaga viza bo‘yicha kirib keluvchi xorijliklar, qochoqlar va mehnat migrantlari 2021 yildan boshlab majburiy daktiloskopiya (barmoq izlari va ularga qarab kishilarning shaxsini aniqlash)dan o‘tkaziladi. Bu haqda respublika IIV rahbari Kalmuxanbet Qosimov Majlis (parlament quyi palatasi) yig‘ilishida ma'lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, qozog‘istonliklarni daktiloskopik ro‘yxatga olish pasport va shaxsni tasdiqlovchi hujjatni birinchi marta olish paytida yoki uning muddati tugashi sabab alishtirilganda amalga oshiriladi. Shu bilan bir qatorda, 12 yoshdan kichik bo‘lgan bolalar ro‘yxatga olinmaydi. 12-16 yoshdagi o‘smirlarning daktiloskopiyasi faqatgina ularning roziligi bilan amalga oshiriladi. Vazirning ta'kidlashicha, qozog‘istonliklar barmoq izlarini pasportlarga joylashtirish “ularga xorij davlatlari migratsion va chegara xizmatlari ishonchini oshiradi hamda davlat chegarasidan o‘tish jarayonini yengillashtiradi”.

Jarayondan bosh tortgan qozog‘istonliklarga nisbatan esa ma'muriy javobgarlik choralari ko‘riladi. Xorijliklar esa mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkin.
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid